Umumiy ma'lumot

Lizing nima?

Lizing — bu yuridik shaxslar va individual tadbirkorlarga avtotransport, maxsus texnika va uskunalarni aylanma mablag‘larni sezilarli darajada jalb qilmasdan xarid qilish imkonini beruvchi moliyaviy vositadir. Lizing moliyaviy ijarasiga yer uchastkalari, harbiy texnika, madaniy yodgorliklar, tabiiy obyektlar, oziq-ovqat mahsulotlari, qurilish materiallari va boshqa iste’mol qilinadigan buyumlarni olish mumkin emas. 

Yuridik shaxslar uchun lizing uch turga bo‘linadi:

  • Moliyaviy lizingda shartnoma mulkning xizmat muddati bilan teng muddatga tuziladi.
  • Operatsion lizingda shartnoma muddati predmetning xizmat muddatidan qisqaroq bo‘ladi. Kelishuv muddati yakunida lizing oluvchi mulkni sotib olishi yoki uni lizing beruvchida qoldirishi mumkin.
  • Qaytarma lizingda mijoz o‘z mulkini lizing beruvchiga sotadi, so‘ngra undan ijarachi huquqida foydalanishda davom etadi.
Поделиться ответом
Lizingning ijaradan farqi nimada?

Lizing va ijara o‘rtasidagi asosiy farq — shartnoma muddati tugagach, lizing oluvchining mulkni qoldiq qiymati bo‘yicha sotib olish huquqidir. Ijarada ijarachida bunday imkoniyat mavjud emas.

Lizingning ijaradan farqi nimada

  • Lizingda ikki shartnoma tuziladi — sotuvchi va lizing beruvchi o‘rtasida hamda lizing beruvchi va lizing oluvchi o‘rtasida. Ijarada esa bitta shartnoma bo‘ladi — ijaraga beruvchi va ijarachi o‘rtasida.
  • Lizingda yangi yoki ilgari foydalanilgan mulk yuridik shaxs tomonidan lizing oluvchiga beriladi. Ijarada esa avtomobil, uskunalar, maxsus texnika va hokazolar jismoniy shaxsga tegishli bo‘lishi mumkin.
  • Biznes uchun lizing ijaradan mulkning buzilishi uchun javobgarlikni zimmasiga olish bilan farq qiladi: shikastlanganda barcha xarajatlar lizing oluvchi zimmasida bo‘ladi, ijarada esa — ijaraga beruvchi zimmasida.
  • Ijaraga beruvchi sifatida istalgan shaxs ishtirok etishi mumkin. Lizing bilan faqat lizing kompaniyasi shug‘ullanishi mumkin.

Lizingning ijaradan farqi tezlashtirilgan amortizatsiyada namoyon bo‘ladi — bu uning asosiy afzalligidir. Ijaraga beruvchida soliq imtiyozi mavjud emas.

Поделиться ответом
Operatsion (operativ) lizing nima?

Operatsion lizing — bu lizing beruvchi va lizing oluvchi o‘rtasida lizing predmeti xizmat muddatidan qisqaroq muddatga shartnoma tuziladigan bitim turidir. Avtomobillarning operativ lizingi yoki boshqa mol-mulk bo‘yicha mijoz shartnoma muddati tugagandan so‘ng avtomobilni yoki lizing shartnomasining boshqa predmetini sotib olishi yoxud uni kompaniyaga qaytarishi mumkin.

Поделиться ответом
Lizingning sotib olish qiymati nima?

Lizing predmetining sotib olish qiymati — bu lizing oluvchi lizing beruvchiga lizing mulkini mulk qilib olish uchun to'lashi shart bo'lgan narxdir. 

Sotib olish qiymati lizing shartnomasida belgilangan bo'lib, barcha sotib olish to'lovlari yig'indisini tashkil etadi. lizing predmetini muddatidan oldin sotib olishda sotib olish qiymati miqdori oshirilishi mumkin.

Поделиться ответом
Lizing obyektining egasi kim?

Lizingda ikki turdagi tomon mavjud: lizing beruvchi va lizing oluvchi. Lizing beruvchi — lizing obyektiga egalik qiluvchi va uni lizing oluvchiga ijaraga beruvchi tashkilot. Lizing oluvchi esa — ma’lum bir muddat davomida lizing obyektidan foydalanadigan va buning uchun lizing to‘lovlarini amalga oshiradigan yuridik shaxs.

Shunday qilib, lizing obyektining egasi lizing beruvchi hisoblanadi. Lizing oluvchi lizing obyektidan cheklangan vaqt davomida foydalanish huquqiga ega, biroq unga nisbatan mulk huquqiga ega emas.

Поделиться ответом

Откройте расчетный счет для бизнеса

Заполните онлайн-заявку и забронируйте счет для открытия или оставьте только номер телефона для консультации

Ввод номера телефона подтверждает ваше согласие с условиями передачи информации

Izlayotganingizni topa olmadingizmi?

Har doim biz bilan bogʻlanib, qiziqtirgan maʼlumotni bilib olishingiz mumkin.

Rossiya boʻylab bepul

8 (800) 700-77-16