Imtiyozli davr. Bu nima?

«Cashbackli kredit karta» bo‘yicha imtiyozli davr qanday ishlaydi?

«Cashbackli kredit karta» bo‘yicha imtiyozli davr 2 oygacha muddatga taqdim etiladi, bunda:

  • Birinchi oy — bu siz taqdim etilgan kredit limiti hisobidan pul mablag‘larini sarflaydigan davr. 
  • Ikkinchi oyda siz o‘tgan oyda sarflagan barcha summani qaytarishingiz kerak. 

Imtiyozli davr tatbiq etilmaydigan operatsiyalar ro‘yxati bilan havola orqali tanishishingiz mumkin.

Поделиться ответом
Qaysi operatsiyalarga imtiyozli kreditlash davri tatbiq etilmaydi?

Imtiyozli kreditlash davri quyidagi operatsiyalarga tatbiq etilmaydi:

  • naqd pul yechib olish va naqd pul yechib olish uchun komissiyalar,
  • naqd pulsiz kvazi-cash operatsiyalari,
  • kvazi-cash operatsiyalari uchun komissiyalar,
  • kartadan o'tkazmalar - o'tkazmalar uchun komissiyalar,
  • masofaviy bank xizmati servislarida naqd pulsiz o'tkazmalar.

Shunga ko'ra, imtiyozli kreditlash davri quyidagilarga tatbiq etiladi :     

  • karta yoki uning rekvizitlaridan foydalangan holda tovarlar va xizmatlar uchun to'lovga,
  • bank komissiyalarini to'lashga, bundan naqd pul yechib olish, kvazi-cash operatsiyalari va o'tkazmalar uchun komissiyalar mustasno.
Поделиться ответом
«120 дней на максимум» kredit kartasi bo‘yicha imtiyozli davr qanday ishlaydi?

«120 дней на максимум» kredit kartasi bo‘yicha imtiyozli davr 4 oy muddatga taqdim etiladi, bunda:

  • Dastlabki uch oy — bu siz taqdim etilgan kredit limiti hisobidan pul mablag‘larini sarflaydigan davr. Bunda har bir oy yakuniga ko‘ra keyingi oyning oxirgi ish kunigacha to‘lanishi lozim bo‘lgan minimal to‘lov shakllantiriladi.
  • To‘rtinchi oy — bu qolgan barcha summani to‘liq hajmda qaytarish kerak bo‘lgan oy.     

Imtiyozli davr tatbiq etilmaydigan operatsiyalar ro‘yxati bilan havola orqali tanishishingiz mumkin. 

Xulosa: imtiyozli davr amal qilishda davom etishi uchun har oy minimal to‘lovlarni amalga oshirish va oxirgi oyda qarzdorlikning qolgan qismini to‘lash zarur. 

Поделиться ответом
Imtiyozli kreditlash davri nima?

Foizsiz kreditlash davri — bu Bank kartalar bo'yicha xaridlar uchun foizlarni hisoblamaydigan davrdir. 

Karta turiga qarab, u 60 kundan 120 kungacha bo'lishi mumkin. Imtiyozli davr tatbiq etiladigan operatsiyalar ro'yxati bilan havola orqali tanishishingiz mumkin.     

Поделиться ответом

Izlayotganingizni topa olmadingizmi?

Har doim biz bilan bogʻlanib, qiziqtirgan maʼlumotni bilib olishingiz mumkin.

Moskva boʻyicha qoʻngʻiroqlar uchun

+7 495 723-77-77

Rossiya boʻylab bepul

8 (800) 250-57-57