Bonus rubllaridan qanday foydalanish mumkin?

Shaxsiy kabinetning bosh ekranida «Bonus rubllarini nimaga sarflashni tanlang» bo‘limida bir nechta variant mavjud.

Xaridlarni kompensatsiya qilish.

Siz avvalgi kalendar oy uchun 1 500 dan 50 000 ₽ gacha bo‘lgan xarid summasi bo‘yicha pulni qaytarishingiz mumkin. Faqat operatsiyaning to‘liq summasini kompensatsiya qilish mumkin, qisman kompensatsiya mavjud emas.

1.    «Xaridlarni kompensatsiya qilish» bo‘limiga kiring, unda kompensatsiya shartlariga mos keladigan xaridlarning to‘liq ro‘yxati ko‘rsatiladi. Kulrang bilan belgilangan xaridlarni kompensatsiya qilib bo‘lmaydi – sababi kulrang shrift bilan ko‘rsatilgan.

2. Filtrda «Kompensatsiya uchun mavjud» bandini tanlang.

3. Tanlangan xarid qatoridagi yashil rangli ikonani bosing.

4. Xarid kompensatsiyasini tasdiqlang.

5. Operatsiya summasidagi pul keyingi ish kunida karta hisobiga o‘tkaziladi. 1 bonus rubli = 1 ₽.

Sayohatlar.

Bonus rubllaridan temir yo‘l va aviachiptalarni to‘liq yoki qisman to‘lash, mehmonxona bron qilish yoki automobil ijarasi uchun foydalaning.

1. «Sayohatlar» bo‘limiga kiring.

2. Chipta, mehmonxona yoki ijara uchun avtomobilni tanlang.

3. Barcha zarur maydonlarni to‘ldiring.

4. To‘lov bosqichida bonus rubllaridan foydalanmoqchi ekanligingizni ko‘rsating (chek-boksni belgilang).

5. To‘lovni va buyurtmani rasmiylashtirishni yakunlang. 1 bonus rubli = 1 ₽.

«RZHD Bonus» ballariga almashtirish.

Bonus rubllarini «RZHD Bonus» ballariga o‘tkazish mumkin – ulardan temir yo‘l chiptalarini xarid qilish yoki sayohatingiz qulayligini oshirish uchun foydalanish mumkin bo‘ladi.

Buning uchun quyidagilar kerak:

1. Sodiqlik dasturining shaxsiy kabinetida «Hamkorlar bonuslari» bo‘limiga o‘ting.

2. «RZHD Bonus» hisob raqamini ko‘rsating. Bonus rubllarini o‘z hisobingizga ham, qarindoshingiz yoki do‘stingizning hisobiga ham o‘tkazish mumkin.

3. Almashtirish uchun bonus rubllari summasini kiriting (kamida 150 bonus rubli, bonus rubllari summasi 1,5 ga karrali bo‘lishi kerak, masalan: 150, 225, 300).

Almashtirish kursi 1,5 bonus rubli = 1 «RZHD Bonus» balli.

4. Operatsiyani tasdiqlang.

Bonuslar 10 ish kuni ichida «RZHD Bonus» hisobiga o‘tkaziladi.

Izlayotganingizni topa olmadingizmi?

Har doim biz bilan bogʻlanib, qiziqtirgan maʼlumotni bilib olishingiz mumkin.

Moskva boʻyicha qoʻngʻiroqlar uchun

+7 495 723-77-77

Rossiya boʻylab bepul

8 (800) 250-57-57