Kredit kartasi bo'yicha qarzdorlikni qanday so'ndirish mumkin?

Agar kredit kartasi bo'yicha qarzdorlik bo'lmasa, hisobga pul kiritish ham majburiy emas. Kredit bo'yicha qarzdorlik paydo bo'lganda, siz uchun maqbul bo'lgan to'lov variantini tanlash zarur.

Bir nechta variant mavjud:

1. Bank oldidagi qarzni bitta to'lov bilan to'liq so'ndirish. Buni foizsiz (imtiyozli) davr mobaynida ham, undan keyin ham amalga oshirish mumkin. Har qanday holatda ham, qarzni qaytarishning bunday usulida foizlar hisoblanishi minimal bo'ladi.

2. Ixtiyoriy summalar bilan, ammo minimal to'lovdan ko'proq miqdorda so'ndirish. Bunday usulda shuni yodda tutish muhimki, agar imtiyozli davr mobaynida butun summani to'liq qaytarmasangiz, foizlar hisoblanadi.

3. Minimal to'lov bilan so'ndirish. Bu variantda foizlar bo'yicha xarajatlar eng yuqori bo'ladi.

Kredit kartasi hisobiga pul kiritish usullari haqida bilib oling

Izlayotganingizni topa olmadingizmi?

Har doim biz bilan bogʻlanib, qiziqtirgan maʼlumotni bilib olishingiz mumkin.

Moskva boʻyicha qoʻngʻiroqlar uchun

+7 495 723-77-77

Rossiya boʻylab bepul

8 (800) 250-57-57