Foizlar qanday hisoblanadi?

Agar sizga karta bo‘yicha qarzdorlikning butun summasini darhol to‘lash noqulay bo‘lsa, siz faqat minimal to‘lovni kiritishingiz mumkin. Bunday holda amalga oshirilgan operatsiyalar bo‘yicha foizlar hisoblanadi.

Kredit karta bo‘yicha har bir kalendar oy uchun ko‘chirma shakllantiriladi – unda minimal to‘lov miqdori va uni kiritish muddati, shuningdek ko‘chirma sanasidagi umumiy qarzdorlik miqdori va uni foizsiz so‘ndirish muddati ko‘rsatiladi. 

Agar siz qarzdorlikni faqat minimal to‘lovlar bilan so‘ndirsangiz, bank foizlarni nafaqat imtiyozsiz operatsiyalar, balki imtiyozli operatsiyalar bo‘yicha ham – xarid sanasidan keyingi kundan boshlab qarzdorlik to‘liq so‘ndirilgan sanagacha, shu sana ham kirgan holda hisoblaydi. 

Agar siz umumiy qarzdorlik summasini ko‘rsatilgan muddatda to‘liq so‘ndirsangiz, imtiyozli operatsiyalar summasiga foizlar hisoblanmaydi. Shunday qilib, siz 62 kungacha muddatga foizsiz kredit olasiz –  bu kundalik hisob-kitoblar uchun juda qulay.

Izlayotganingizni topa olmadingizmi?

Har doim biz bilan bogʻlanib, qiziqtirgan maʼlumotni bilib olishingiz mumkin.

Moskva boʻyicha qoʻngʻiroqlar uchun

+7 495 723-77-77

Rossiya boʻylab bepul

8 (800) 250-57-57