Imkon qadar onlayn-bankka faqat sizgina kira oladigan qurilmadan kiring. Litsenziyalangan operatsion tizimdan foydalaning va «antivirus»ni o'z vaqtida yangilab boring.
Tasdiqlash uchun bir martalik kodlar keladigan telefonni qarovsiz qoldirmang va uni uchinchi shaxslarga bermang. Telefon raqamingizdan keladigan xabarlar va qo'ng'iroqlarni boshqa birovning raqamiga yo'naltirishni o'rnatmang.
Internetdagi shubhali havolalarga o'tmang va email hamda messenjerlardagi yuborilgan xatlardan kelgan g'alati fayllarni ochmang.
Uchinchi shaxslarning ko'rsatmasi bilan telefon yoki kompyuterga masofaviy kirish dasturlarini, masalan, TeamViewer, AnyDesk, RustDesk'ni o'rnatmang. Bunday dasturlar yordamida firibgarlar qurilmalaringizga ulanib, hisoblaringizga kirish huquqini qo'lga kiritishi mumkin.
Karta yo'qolgan yoki o'g'irlangan taqdirda, moliyaviy yo'qotishlarning oldini olish uchun sodir bo'lgan holat haqida zudlik bilan bankni xabardor qilish zarur. Agar telefon yo'qolgan yoki o'g'irlangan bo'lsa, bu haqda sizda hisoblar ochilgan barcha banklarga xabar bering.
Telefon raqamingiz o'zgarganda, bu haqda sizda hisoblar ochilgan barcha banklarga xabar bering, shunda raqamning yangi egasi ularga kirish huquqini qo'lga kiritmaydi.
Izlayotganingizni topa olmadingizmi?
Har doim biz bilan bogʻlanib, qiziqtirgan maʼlumotni bilib olishingiz mumkin.