Mir Pass xizmatida roʻyxatdan oʻtish

Biznes-zallarga tashrif buyurish xizmati  Mir Pass  «P premium banking» xizmatlar paketiga kiradi.

Mir Supreme kartasi faollashtirilganda sizga 16 xonali Mir Pass ID  va roʻyxatdan oʻtish uchun zarur bo‘lgan faollashtirish kodi (4 raqam) bilan SMS-xabar yuboriladi.

Roʻyxatdan oʻtish va Mir Pass xizmatini faollashtirishni https://mirpass.privetmir.ru/ sahifasida yoki «Привет!)» mobil ilovasida amalga oshirish mumkin.

Qulaylik uchun «Привет!)» ilovasini yuklab olishingizni tavsiya etamiz.

«Привет!)» mobil ilovasida Mir Pass ID ni roʻyxatdan oʻtkazish

1-qadam.    «Привет!)» ilovasida «Mir Pass» bo‘limiga o‘ting

2-qadam.     «Yangi Mir Pass ID qoʻshish» tugmasini bosing

3-qadam.     Maʼlumotlaringizni kiriting:  Bankdan olingan 16 xonali Mir Pass ID va faollashtirish kodi (4 raqam), shuningdek Ism va Familiyani lotin harflarida.

Diqqat! Ilovada ko‘rsatilgan familiya va ism boarding talonidagi maʼlumotlar bilan solishtiriladi. Agar xorijga chiqish pasporti bo‘lmasa, familiya va ismni bank kartasidagi kabi ko‘rsatishni tavsiya etamiz.

privetmir.ru saytidagi shaxsiy kabinetda Mir Pass ID ni roʻyxatdan oʻtkazish

1-qadam.      havola orqali shaxsiy kabinetga o‘ting

2-qadam.       «Mir Pass xizmati» bo‘limini tanlang va «Yangi Mir Pass ID qoʻshish» tugmasini bosing

3-qadam.        Maʼlumotlaringizni kiriting: Bankdan olingan 16 xonali Mir Pass ID va faollashtirish kodi (4 raqam), shuningdek Ism va Familiyani lotin harflarida.

Diqqat! Roʻyxatdan oʻtishda ko‘rsatilgan familiya va ism boarding talonidagi maʼlumotlar bilan solishtiriladi. Agar xorijga chiqish pasporti bo‘lmasa, familiya va ismni bank kartasidagi kabi ko‘rsatishni tavsiya etamiz.

Roʻyxatdan oʻtgandan soʻng sizga biznes-zalga tashrif buyurish uchun taqdim etilishi zarur bo‘lgan QR-kod  mavjud bo‘ladi. QR-kodni https://mirpass.privetmir.ru/ saytidagi shaxsiy kabinetda yoki «Привет!)» ilovasining «Mir Pass» bo‘limida topish mumkin.

Izlayotganingizni topa olmadingizmi?

Har doim biz bilan bogʻlanib, qiziqtirgan maʼlumotni bilib olishingiz mumkin.

Moskva boʻyicha qoʻngʻiroqlar uchun

+7 495 723-77-77

Rossiya boʻylab bepul

8 (800) 250-57-57